TERMINOLOGIYAGA DOIR QARASHLAR TAHLILI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak
Mamlakatimizda o‘zbek tilining terminologik qatlamida semantik jihatdan bir necha tarmoqlarda qo‘llanadigan sohalararo terminlarning salmog‘ini aniqlash, ularning leksikografik va semantik tavsifini amalga oshirish dolzarb masala sifatida belgilangan. O‘zbek tilining terminologik qatlami dastlab qadimgi turkiy tilda (VII-X) kuzatilib, keyingi davrlarda ijtimoiy-lisoniy doirasi, miqdor va sifati jihatidan o‘sib bordi. Maqolada, shuningdek, o‘zbek tilining terminologik qatlami hozirgi kunda tashqi omil va so‘z yasash bilan bog‘liq ichki manba ta’siri hisobidan rivojlanib borishi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar va tilshunos olimlarning terminologiya sohasi yuzasidan ilmiy qarashlari metodologik asosda tahlilga tortilgan.