University of Business and Science

Ilmiy axborotnomasi

University of Business and Science Toshkent filialida Tillar kafedrasi tomonidan “Inson tafakkuri rivojida badiiy adabiyotning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.


2024-06-04 04:05:28


“Badiiy tafakkur qudrati: G‘arb va Sharq adabiyoti misolida” mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda badiiy adabiyotning inson ongini shakllantirish, tafakkurni boyitish va ma’naviy kamolotdagi o‘rni chuqur ilmiy tahlil qilindi. 

 G‘arb va Sharq adabiy an’analari misolida estetik tafakkur, obrazlar tizimi hamda badiiy fikrlashning rivojlanish bosqichlari yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar va muhokamalar o‘tkazildi.

Seminar professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy muloqotni mustahkamlash, adabiyotshunoslik sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tajriba almashish uchun samarali maydon bo‘ldi.