GEOAXBOROT TIZIMLARI TEXNOLOGIYALARINING FARG’ONA VODIYSI LANDSHAFTLARINING TABIIY VA IQTISODIY MAVZULI KARTALARI TUZISHDAGI AHAMIYATI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak
Mazkur maqolada geografik axborot tizimlari (GAT) texnologiyalarining mavzuli kartalar yaratishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. GAT zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va yangilash imkoniyatini beradi. Ushbu texnologiya kartografiya sohasida an’anaviy qog‘oz kartalar bilan ishlashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etib, xarajatlarni kamaytiradi va operativ yangilanishni ta’minlaydi. Tadqiqotda GATning turli sohalarda qo‘llanilishi, shu jumladan, tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyadagi ahamiyati batafsil yoritiladi. Shuningdek, GAT orqali kartografik proyeksiyalarni tez va aniq yaratish, ularga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatlari ham ko‘rsatib beriladi.